Йилқичилик ва туячилик
Ushbu kitob yilqichilik va tuyachilik faniga bag'ishlangan bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasida chorvachilikning muhim tarmog'i bo'lgan yilqichilikning ahamiyati, rivojlanish tarixi, hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, tuyachilikning o'rni va ahamiyati keng yoritilgan. Kitobda yilqi va tuya zotlari, ularni boqish va parvarishlash usullari, naslchilik ishlari, mahsulotdorligi va mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari haqida ma'lumotlar berilgan.