Кизилкум фосфоритларини нитрат кислота таъсирида парчаланиши
Maqolada Qizilqum fosforitlarini nitrat kislota ta'sirida parchalanishi jarayoni o'rganilgan. Fosforitning nitrat kislota bilan reaksiyasi natijasida fosfor kislotasi, kaltsiy nitrat tuzi va vodorod ftorid hosil bo'lishi, shuningdek, karbonat minerallar va yarim oksidlar bilan reaksiyasi natijasida nitrat tuzlar hosil bo'lishi ko'rib chiqilgan. Past sifatli Qizilqum fosforitlaridan NP murakkab fosforli o'g'itlar olish uchun nitrat kislotasining turli miqdorlari ta'siri ostida parchalanish jarayonlari tadqiq qilingan. Fosforit namunalarining 59% li nitrat kislotasi ta'sirida parchalanishi tez va oson kechishi aniqlangan.