Конденсатор қувватини ва ростлаш поғоналарини асослаш
Ushbu maqola "Suv sanoatmash zavodi" IM-1 misolida elektr energiyasini tejash maqsadida kondensator quvvatini optimallashtirish va rostlash pog'onalarini asoslashga bag'ishlangan. Maqolada elektr energiyasini iste'mol qilishda reaktiv quvvatni kompensatsiyalashning ahamiyati, bunda kondensator qurilmalarining roli, ularning samaradorligi, jumladan, texnik va iqtisodiy jihatdan optimal rostlash usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda jumladan, yuklamaning o'zgarishiga qarab kondensator quvvatini to'g'ri tanlash va pog'onali rostlashning ahamiyati ko'rsatib berilgan. Bunda elektr stansiyalarining ortiqcha yuklanishini oldini olish va kuchlanish pasayishini bartaraf etish masalalariga e'tibor qaratilgan. Maqolada keltirilgan jadval va grafiklar orqali elektr energiyasi sarfini kamaytirish yo'llari ham ko'rsatib o'tilgan.