Коррект емес қойылған мәселелерге мысаллар
Kitobda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2016-yilda o'tkazilgan "Sog'lom ona va bola yili"ga bag'ishlangan "Ilm va ta'lim-tarbiyaning ahamiyatli masalalari" mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy va amaliy konferensiya materiallari to'plami keltirilgan. To'plamda turli ilmiy maqolalar, tadqiqotlar va ma'ruzalar mavjud. Konferensiya materiallariga Respublikamizning oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari pedagog-xodimlari, yirik ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va umumiy ta'lim beruvchi maktablar o'qituvchilarining ilmiy-tadqiqot va ta'lim-tarbiya masalalariga bag'ishlangan ilmiy bayonotlari kiritilgan. Materiallar mazmuni va unda ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun mualliflar javobgar.