Криминиологическая характеристика коррупционных преступлений
Ushbu dissertatsiya korrupsiya va uning salbiy ijtimoiy hodisa sifatida tahlili, korrupsion jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik xususiyatlari, ularning sabablari va shart-sharoitlari hamda ushbu jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda korrupsiyaning mohiyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy sabablari, jinoyatchi shaxsining xarakteristikasi, korrupsiya bilan kurashishning milliy va xorijiy tajribalari tahlil qilinib, aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, ushbu jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha qonunchilikni takomillashtirish va amaliy mexanizmlarni yaratish yuzasidan ilmiy-amaliy asoslar ko'rsatilgan.