Farg’ona viloyati muzeylari tarixi (Sovet davri va mustaqillik yillari misolida)
Ushbu tadqiqot Farg'ona viloyati muzeylari, jumladan, Farg'ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Qo'qon shahar madaniyati va tarixi davlat muzeyi hamda Marg'ilon shahar madaniyati va tarixi davlat muzeyining tashkil topishi, rivojlanishi va faoliyatini qamrab oladi. Unda O'zbekistonning mustaqillik yillarida muzeylar sohasida amalga oshirilgan islohotlar, muzeylarning milliy g'ururni shakllantirishdagi o'rni, zamonaviy muzeylar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, har bir muzeyning eksponatlari, jamg'armalari va ularning tarixiy-madaniy ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berilgan.