Матмуратов Азизбек Абдикаримович
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda zamonaviy pedagog kadrlarining kompetentligini shakllantirish muhimligini ta'kidlaydi. Pedagogning kasbiy kompetentligi, uning nazariy va amaliy bilim, ko'nikma, malaka, dunyoqarashi va shaxsiy sifatlarining namoyon bo'lishi sifatida tushuntiriladi. Maqolada o'qituvchi kompetentligining ilmiy bilish, gnoseologik bilish, pedagogik faoliyatni samarali bajarish, ijodiy yondashish, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni namoyon etish va o'zini rivojlantirish kabi jihatlari ochib berilgan. Yosh pedagoglarning jamoa ichidagi o'rni va ularga ta'sir etuvchi omillar, jumladan, rahbarning roli ham tahlil qilingan.