Маҳалла мустақил юрт таянчи
Monografiya mahallaning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy roli, fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi ahamiyati, shuningdek, ajdodlar tomonidan yaratilgan urf-odat va an'analarni yosh avlodga singdirishga bag'ishlangan. Kitobda mahallaning ijtimoiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi o'rni o'rganiladi. Tadqiqotchilar, mutaxassislar va o'quvchilar uchun foydali manba bo'lishi mumkin.