Макетлаш
Mazkur o'quv qo'llanmasi maketlash fani bo'yicha amaliy mashg'ulotlar jarayonida o'rganiladigan asosiy ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. Unda maketlash fanining kelib chiqishi, maketlashda ishlatiladigan uskunalar va materiallar, ranglar bilan ishlash, maket turlari (turar-joy binolari, kichik tumanlar, sanoat hududlari, ko'priklar, kichik arxitektura shakllari), maket yasash usullari, ko'kalamzorlashtirish detallari, bolalar maydonchalari, arxitekturada turar-joy binolarining maketlari, shuningdek, 'Eng yosh arxitektor' ko'rik-tanlovi haqida ma'lumotlar keltirilgan.