Иқтисодиётни модернизациялаш моделларининг назарий асосларини такомиллаштириш
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilishning nazariy asoslarini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda iqtisodiyotni modernizatsiyalashning turli modellari, ularning mohiyati, rivojlanish tendensiyalari hamda O'zbekiston iqtisodiyotida ularni qo'llashning o'ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti tajribasi asosida O'zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish bo'yicha ilmiy taklif va tavsiyalar berilgan.