ОТМ ta'lim sifatini takomillashtirishda masofaviy ta'limni tashkil etish tizimi vauni boshqarish mexanizmlari
Ushbu bitiruv malakaviy ishi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan. Ishda ta'lim sifatini oshirishda elektron ta'lim tizimidan foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari, O'zbekistonda oliy ta'lim sifatini takomillashtirishning o'ziga xos jihatlari, elektron ta'lim tizimini joriy etish va boshqarish mexanizmlari atroflicha tahlil qilingan. Xususan, TATU Samarqand filialida elektron ta'lim tizimini joriy etish holati, bu jarayonning asosiy bosqichlari, mavjud muammolar va ularning yechimlari hamda elektron ta'lim tizimini qo'llashning samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.