Электрокимёвий усулда саноат чиқиндиларидан олтинни ажратиб олиш ва қоплаш цехини лойиҳалаш. Йиллик ишлаб чиқариш қуввати 2000 м2
Ushbu kitob elektrokimyoviy usulda nodir metallarni ishlab chiqarish va ularning asosida qoplama tsexlarini loyihalashga bag'ishlangan. Loyiha hisob-kitoblari, uskunalar soni, o'lchamlari, material balansi, issiqlik balansi, bug' va siqilgan havo sarfi, elektr energiyasi sarfi kabi masalalar yoritilgan. Mehnatni muhofaza qilish, yong'inga qarshi kurash, havoning harorati va sarfi avtomatlashtirilgan tizimlar bilan bog'langan fuqaro mudofaasi tadbirlari va xizmatlari, xodimlar maoshlari, xom ashyo, material va energiyaning yillik sarfi haqida ma'lumotlar berilgan. Shundan kelib chiqib, mahsulot tannarxi hisoblab chiqilgan. Loyiha tannarxini arzonlashtirish maqsadida mavjud elektrolyozer va xom-ashyo tanlangan.