Умуртқаларнинг деструктив зарарланишини даволашда «Перкутан Вертебропластика» амалиёти
Ushbu uslubiy tavsiyanoma "Perkutan Vertebroplastika" amaliyoti mavzusida bo'lib, umurtqa pog'onasining deэtruktuv zararlanishini davolashda qo'llaniladigan zamonaviy usul haqida ma'lumot beradi. Kitobda ushbu muolajaning umumiy tushunchasi, asosiy qismi, ya'ni, uning qanday bajarilishi, ko'rsatmalari, qarshi ko'rsatmalari, zarur tekshiruvlar, hamda uning samaradorligi va mumkin bo'lgan asoratlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, turli kasalliklar, jumladan, umurtqa pog'onasining metastatik zararlanishi, vertebral gemangioma va osteoporoz oqibatidagi kompressyon sinishlarida perkutan vertebroplastikani qo'llashning o'ziga xos jihatlari ham ko'rsatib o'tilgan. Kitob tibbiyot xodimlari, ayniqsa travmatologlar va neyrojarrohlar uchun qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.