MIS (II) ning poliglisidil-N,N-(diaminoetil)- kaliy ditiofosfat bilan koordinasion birikmasining tadqiqoti
Ushbu maqola mis (II) ioni va poliglitsidil-N,N-(diaminoetil)-kaliy ditiofosfat polimer ligandining oʻzaro taʼsiri natijasida hosil boʻlgan koordinatsion birikmani tadqiq qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda ushbu birikmaning tarkibi va tuzilishi infraqizil (IQ) spektroskopiya usuli yordamida oʻrganilgan. Shu bilan birga, hosil boʻlgan koordinatsion birikmaning barqarorlik doimiysi potensiometrik usulda aniqlanib, uning suvli eritmada barqaror ekanligi koʻrsatib berilgan. Maqolada gidrometallurgiya, chiqindi suvlarni tozalash kabi sohalarda polimer sorbentlarning qoʻllanilishi ham taʼkidlangan.