Посттравматик эпилепсиянинг соматик касалликлар ҳамроҳлиги фонидаги диагностика ва клиникаси хусусиятлари
Ushbu dissertatsiya avtoreferati posttravmatik epilepsiyaning (PTE) so'nggi yillarda yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lgan, ayniqsa hamroh so'matik kasalliklar fonida rivojlanishining diagnostikasi va klinik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda PTEning rivojlanish mexanizmlari, klinik ko'rinishlari, diagnostika va davolash usullari tahlil qilingan. Muayyan yoshdagi (45-65 yosh) bemorlarda PTE va yurak-qon tomir kasalliklari kabi hamroh kasalliklar o'rtasidagi bog'liqlik, ularning diagnostikasi va davolashning samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari jahon tibbiyotida keng qo'llanilayotgan zamonaviy usullardan foydalangan holda olingan va amaliyotga tatbiq etish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.