Пульмонология
Ushbu o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan tayyorlangan bo'lib, umumiy amaliyot vrachlari va 6-kurs davolash hamda tibbiyot pedagogika yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan. Majmuada nafas a'zolari tizimi fiziologiyasi, anatomiyasi hamda nafas olish tizimi kasalliklarining kelib chiqish sabablari, patogenezi, klinika, ko'rikdan o'tkazish, davolash va profilaktikasi yoritilgan. Har bir ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar bo'yicha innovatsion ta'lim texnologiyalari ishlab chiqilgan. Majmua o'quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo'llashga urg'u beradi.