Рress trikotajning texnologik ko’rsatkichlari tadqiqoti
Ushbu ilmiy-tadqiqot ishida yassi fang to'quv mashinasining texnologik imkoniyati o'rganilib, yangi naqshli trikotaj to'qima tuzilishlari yaratilgan. Olingan trikotaj to'qimalarining texnologik ko'rsatkichlari va xususiyatlari eksperimental yo'l bilan aniqlangan. Texnologik ko'rsatkichlarning o'zgarishiga qarab, yaratilgan yangi to'qima turlari qishki mavsum uchun ustki trikotaj va bolalar mahsulotlari ishlab chiqarish uchun tavsiya etilgan. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ПФ-4947-sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida, ayniqsa, trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish maqsadida yangi to'qima turlari, jumladan, ikki ignadonli aylana to'quv mashinalarida to'qiladigan engillashgan polotnolardan foydalanishga urg'u berilgan. Ushbu ishda yassi fang to'quv mashinasining texnologik imkoniyatlari o'rganilib, yangi naqshli press trikotaj to'qima tuzilishlari yaratilgan. Korxona sharoitida olingan trikotaj to'qimalarining texnologik ko'rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlari eksperimental yo'l bilan aniqlangan va 1-jadvalda keltirilgan. Jadvalda keltirilgan 4 ta variant ikki ignadonli yassi fang mashinasida olingan 1 indeksli press trikotaj to'qimasini ifodalaydi. Variantlar 1-4 gacha bo'lgan namunalarda press halqalari qo'shib, yangi trikotaj to'qimalari yaratilgan. Tadqiqot natijasida aniqlangan texnologik ko'rsatkichlar (halqa qadami, halqa qatori balandligi, zichlik, ip uzunligi) tahlil qilinib, ular ustki trikotaj mahsulotlari uchun tavsiya etilgan.