Сувсизликка чидамли навларни яратишда физиологик кўрсаткичларнинг аҳамияти
Ushbu maqola qurg'oqchilikka chidamli ekin navlarini yaratishda fiziologik ko'rsatkichlarning ahamiyatini o'rganadi. Unda suv resurslarining cheklanganligi sababli qishloq xo'jaligi ekinlariga yetkaziladigan zarar, suv tanqisligi sharoitida o'simliklarning moslashuvchanligi va hosildorlikni saqlab qolish masalalari ko'rib chiqiladi. O'simliklarning suv balansini saqlash, transpiratsiya jarayoni, suv tanqisligining oqibatlari va ularni aniqlash usullari muhokama qilinadi.