Toksikologiya
Ushbu kitob zamonaviy toksikologiya fani asoslariga bag'ishlangan bo'lib, unda zaharli moddalarning organizmga ta'siri, ular bilan ishlash mexanizmlari va bunday ta'sirlarning oldini olish usullari atroflicha yoritilgan. Kitobda organizmga tushgan kimyoviy moddalarning taqsimlanishi, metabolizmi va ajralishi, shuningdek, ularning toksik ta'sir mexanizmlari, jumladan, jigar va buyrakka ta'sir etuvchi moddalar, tamaki, spirtli ichimliklar, kanserogenlar va ularning salbiy oqibatlari hamda rivojlanish jarayonida DNK, hujayra va organizmga ta'sir etuvchi kimyoviy moddalar haqida batafsil ma'lumot berilgan. Zamonaviy toksikologiyaning rivojlanishi va uning ahamiyati, shuningdek, ushbu fanni rivojlantirishga hissa qo'shgan olimlar va ularning tadqiqotlari ham ko'rsatib o'tilgan. Kitobning maqsadi talabalarga kimyoviy moddalar va ularning organizmga ta'siri haqida keng qamrovli bilim berishdan iborat.