Тракторлар ва автомобиллар
Ushbu kitob, O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tavsiya etilgan "Traktorlar va avtomobillar" fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmadir. U Termiz Davlat Universiteti Kasbiy Ta'lim fakultetining "Agroinjeneriya va kimyoviy texnologiya" kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ko'rsatma, asosan, agroinjeneriya yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, traktor va avtomobillarning tuzilishi, ishlash tartibi, sozlash ishlari, ularga qo'yiladigan agrotexnik talablar va ishlash vaqtida ta'sir etuvchi kuchlar haqida ma'lumot beradi. Bundan tashqari, mashinalarning ishchi qismlarini sozlash orqali yoqilg'i isrofgarciligini kamaytirish bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.