🔍

Ўзбекистон тарихини ўқитишда орийлар муаммоси

Мақолада Марказий Осиё чорвадор қабилалари маданияти, уларга тегишли археологик ёдгорликлар, хусусан, шўролар даврида ўрганилган материаллар таҳлил этилган. Евроосиё дашт аҳолисининг қадимги тарихини ёритишда панэронистик ғоялар, археологик топилмалар ва Авесто маълумотларини талқин қилишдаги ёқламалик каби жиҳатлар кўриб чиқилган. Шунингдек, Авесто маълумотларига асосланиб Евроосиё даштлари чорвадорларининг жанубга миграцияси, эроний тилнинг тарқалиши ва Ариана номининг келиб чиқиши каби масалалар ёритилган. Хитой ёзма манбалари ва археологик материаллари қиёсий таҳлили асосида орийларнинг келиб чиқиши туркий бўлганлиги ҳақидаги фараз илгари сурилган. Тозабоғёб маданияти аҳолисининг этник келиб чиқиши ва туркий қабилаларнинг Ўрта Осиё ҳудудига кириб келиши жараёнлари таҳлил қилинган. Қадимги Турон ўлкасида кечган этногенетик жараёнлар натижасида кўпчилик аҳоли туркий қавмлардан ташкил топган Туркистон ўлкасига айлангани таъкидланган.

🔑 Kalit soʻz🎯 72.7%

Turp o’simligidan lizosim va boshqa biologik faol moddalar ajratish, yangi hosilalar olish

Ushbu dissertatsiya Marg'ilon turpining kimyoviy tarkibini, shifobaxsh xususiyatlarini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda turpning tarkibiy qismlari, jumladan, biologik faol moddalar, vitaminlar va minerallar tahlil qilingan. Turp asosida olingan ekstraktlar va ularning turli xil kasalliklarga qarshi ta'siri ham o'rganilgan. Dissertatsiyada turpni yetishtirish, qayta ishlash va undan turli mahsulotlar (dorilar, oziq-ovqatlar) tayyorlash texnologiyalari ham keltirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 72.1%

Tarixiy yodgorliklar asosida hududlarning turizm imkoniyatlarini oshirish yo‘llari (Qashqadaryo viloyati misolida)

Ushbu dissertatsiya avtoreferati Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyatidagi tarixiy-madaniy obyektlar, jumladan, shaharlar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar, karvonsaroylar va boshqa meʼmoriy yodgorliklarning arxitekturasi va turizm salohiyatini oshirish yoʻllarini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda viloyatdagi qadimgi va oʻrta asr shaharsozligi, meʼmoriy yodgorliklarning turli davrlardagi tipologik xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati uchun zamonaviy turistik marshrutlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar va tavsiyalar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 72.0%

"Tomaris" afsonasi asosida ilyustratsiyalar ishlash

Ushbu bitiruv malakaviy ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA VA SANʼAT FAKULTETI bitiruvchisi Yusufov Sanjar Maqsudovichning 5110800 - Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha bitiruv malakaviy ishidir. Unda "To`maris" afsonasi asosida ilyustratsiyalar ishlash mavzusi ilmiy rahbar "TS va MG" kafedrasi o`qituvchisi Karimov Hamidbek Otaxonovich rahbarligida yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro'yxati va ilovadan iborat bo'lib, kitob grafikasi san'atining rivojlanishi, grafikada kompozitsiya xususiyatlari va illyustratsiya tushunchasi, grafikachi rassomlar ijodida afsona va rivoyatlar va tarixiy mavzularning aks etishi kabi masalalarni o'z ichiga oladi.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.9%