Iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida hududiy turizm rivojlanishining iqtisodiy samaradorligini oshirish omillari
Ushbu avtoreferat Oʻzbekistonda, xususan Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqot natijalarini oʻz ichiga oladi. Unda turizm sohasidagi struktural oʻzgarishlar, ularning iqtisodiyotga ta'siri, hududiy turizmning iqtisodiy samaradorligini oshirish omillari hamda turizm klasterlari asosida rivojlanish strategiyalari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda ekonometrik modellar yordamida turizm eksportiga ta'sir etuvchi omillar aniqlanib, prognozlar ishlab chiqilgan.