Ускуналар ва лойиҳалаш асослари
Ushbu o'quv qo'llanma "Uskunalar va loyihalash asoslari" fanidan kurs loyihasini bajarish uchun mo'ljallangan. Unda kurs loyihasining mazmuni, hajmi, talabalarning loyiha ustida ishlash tartibi, rasmiylashtirish, bo'limlar va grafik qismini bajarish, himoyaga tayyorlash va himoya qilish shartlarining uslubiy ko'rsatmalari keltirilgan. Qo'llanma kimyo sanoatida bakalavr darajasiga ega bo'lgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning texnolog, texnologik qurilma operatori, master yoki uchastka boshlig'i, smena boshlig'i, muhandis-konstruktor lavozimlarida ishlashlarida qo'l keladi.