Фармакагнозиядан ўқув амалиётини ўтиш бўйича услубий кўрсатма
Ushbu kitob farmatsevtika sohasida ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, farmakognoziya fanini o'qitish va yozgi o'quv amaliyotini o'tkazish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. Unda dorivor o'simliklarni aniqlash, ularni yig'ish, quritish, saqlash, plantatsiyalarda yetishtirish va tabiatdagi zahiralarini aniqlash kabi masalalar yoritilgan. Kitobda O'zbekistonda o'sadigan dorivor o'simliklarning morfologik belgilari, kimyoviy tarkibi va tibbiyotda qo'llanilishi haqida ma'lumotlar ham keltirilgan.