Фертил ёшдаги аёлларда мис ва рух танкислигининг клиник- лаборатор аспектлари
Ushbu tadqiqot ishida 18-45 yoshdagi 349 nafar fertillik yoshidagi ayollarda mis va rux mikroelementlari tanqisligining klinik va laborator jihatlari o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, mazkur mikroelementlar tanqisligiga olib keluvchi asosiy xavf omillari ovqatlanish ratsionida ushbu mikroelementlarga boy bo'lgan mahsulotlarning kamligi, tug'ruqlar sonining ko'pligi, surunkali kasalliklar hamda giperpolimenoreya ekanligi aniqlangan. Shuningdek, ushbu tanqislikning salbiy oqibatlari va ularning oldini olish choralari ishlab chiqilgan.