Изучение физико-химические свойства полимерной композиции
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat texnika universiteti hamda davlat unitar korxonasi “Fan va taraqqiyot” hamkorligida 2016-yil 11-12-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan «Kompozitsion va nanokompozitsion materiallar» mavzusidagi Respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi materiallari to‘plamidan iborat. Kitobda kompozitsion va nanokompozitsion materiallarni ishlab chiqarish texnologiyalari, ularning xossalari, qo‘llanilish sohalari va istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari, shuningdek, ushbu materiallar asosida tayyorlangan mahsulotlar hamda ularning joriy etilishi haqidagi ilmiy-texnikaviy ishlar, ma’ruzalar va maqolalar jamlangan. Tadqiqotlar natijalari, yangi texnologiyalar, materiallar va ularning amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar, tajribalar va tavsiyalar keltirilgan. Kitobda materialshunoslik, kimyo, texnologiya va muhandislik sohalari mutaxassislari uchun dolzarb bo‘lgan zamonaviy ilmiy-texnikaviy yangiliklar va istiqbolli yo‘nalishlar yoritilgan.