Фосфор парчаловчи ризосфера микроорганизмлар
Ushbu monografiya tuproqdagi, o'simlik va mikroorganizmlarning o'zaro munosabati hamda ular ta'siri ostida sodir bo'ladigan mikrobiologik, biokimyoviy, agronomik va agrokimyoviy hamda biotexnologik jarayonlar natijasidagi o'zgarishlarni tadqiq qilishga bag'ishlangan. Kitobda tuproq biologik faolligiga fosfor parchalovchi bakteriyalarning ta'siri, ularning fermentativ faolligi, tuproqning nafas olishi, humifikatsiya va boshqa ko'rsatkichlarga ta'siri atroflicha o'rganilgan. Shuningdek, ushbu bakteriyalardan tayyorlangan bioo'g'itlar va preparatlarning (FOSSTIM-2) hosildorlikka va o'simlik sifatiga ta'siri ham ko'rsatilgan. Kitob qishloq xo'jaligi, mikrobiologiya, biotexnologiya, tuproqshunoslik, agrokimiya va biologiya sohalaridagi mutaxassislar, professor-o'qituvchilar, magistrantlar va tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.