Хамширалик иши
Ushbu kitob tibbiyot kollejlarida tahsil olayotgan o'quvchilar va o'rta tibbiyot xodimlari uchun mo'ljallangan bo'lib, hamshiralik ishining asosiy tamoyillari, bemorlarni parvarish qilish, ularga g'amxo'rlik ko'rsatish, shuningdek, kasalliklarni aniqlash va ularning oldini olish kabi muhim mavzularni o'z ichiga oladi. Kitobda hamshiraning vazifalari, tibbiyot etikasiga oid masalalar, sog'liqni saqlash tizimi va qonunchilik asoslari ham yoritilgan.