Шескспир трагедиялари Ғафур Ғулом таржимасида Отелло трагедияси мисолида
Maqola G‘afur G‘ulomning Shekspir tragediyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishdagi mahoratini, xususan "Otello" tragediyasi misolida tahlil qiladi. G‘afur G‘ulomning tarjimalari badiiy jihatdan yuqori baholangan, chunki u asarning g‘oyaviy mazmunini, badiiy xususiyatlarini, muallif fikrini va uslubiy jihatlarini saqlab qolishga harakat qilgan. U Shekspirning o‘ziga xos uslubini o‘zbek tilida ham saqlab qolishga intilgan va uning pyesalarini chuqur o‘rgangan. Maqolada Shekspir pyesalarining ritmik tuzilishi, G‘afur G‘ulomning tarjima uslubi va uning Shekspir qahramonlarining xarakterlarini qayta yaratishdagi muvaffaqiyati muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada tarjima jarayonida G‘afur G‘ulomning ona tilining imkoniyatlaridan qanday foydalangani va rus tilidagi tarjimalar bilan qiyosiy tahlil o‘tkazilgan.