Ширинмия (Glychyrrhiza glabra L.) илдизи асосида биологик фаол моддалар олиш ҳамда халқ табобатида қўлланилиши
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti glycyrrhiza glabra L. (shirinmiya) o'simligi ildizi asosida biologik faol moddalarni olish, ularning kimyoviy tuzilishi, xossalari va tibbiyotda, xalq tabobatida qo'llanilishini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda glycyrrhizin kislotasi va uning monoammoniy tuzidan tashkil topgan yangi molekulyar komplekslar sintez qilingan hamda ularning fizik-kimyoviy, biologik faolliklari va farmakologik xususiyatlari o'rganilgan. Shuningdek, mazkur komplekslarning mikrobga, zamburug'larga va viruslarga qarshi ta'sirini aniqlash hamda ularni Oziq-ovqat qo'shimchalari (ferrakon baby) va biologik faol moddalar sifatida tasniflash bo'yicha ilmiy-amaliy asoslar ishlab chiqilgan. Xalq tabobatida va zamonaviy tibbiyotda yangi dori vositalari va biologik faol qo'shimchalarni yaratish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar O'zbekiston Respublikasi sog'lig'ini saqlash tizimini rivojlantirishga hissa qo'shadi.