Этнографические заметки о Намангане
Maqolada N.Lukashova va M.Alixanovlar tomonidan yozilgan "Namangan haqida etnografik qaydlar" asari tahlil qilingan. Maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiya tomonidan O'rta Osiyoning mustamlakasi davrida mintaqa xalqlarining turmush tarzi va urf-odatlarini o'rganish bo'yicha olib borilgan dastlabki etnografik tadqiqotlarga e'tibor qaratilgan. Unda V.P. Nalivkinning Namangan uyezdi haqidagi asarlari, xususan, dehqonchilik, irrigatsiya, qishloq xo'jaligi va mahalliy aholining turmush tarzi haqidagi kuzatishlari ko'rib chiqilgan.