Физиология частной нервной системы
Ushbu kitobda nerv sistemasining tuzilishi va funksiyalari, markaziy va periferik nerv sistemasining umumiy tashkil topishi, neyronlarning tuzilishi va turlari, shuningdek, nerv impulslarining o'tishi va sinapslar faoliyati haqida batafsil ma'lumot beriladi. Asosiy e'tibor retseptorlar, afferent va efferent neyronlar, motor va sezgi neyronlari, shuningdek, interneyronlar funktsiyasi hamda ularning nerv sistemasidagi o'rni tushuntiriladi. Kitobda nerv sistemasining turli holatlarda koordinatsiya va regulyatsiya qilish mexanizmlari, ya'ni qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari, ularning ahamiyati va turlari hamda nerv sistemasining umumiy tamoyillari, jumladan, reflektsion faoliyat, divergensiya va konvergentsiya, dominantlik kabi muhim masalalar yoritilgan. Ushbu ma'lumotlar nerv sistemasining murakkab ishlashini tushunishga yordam beradi.