Ҳамза шеъриятининг манбалари, матний тадқиқи
Ushbu kitob – filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyaning avtoreferati boʻlib, unda Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayoti va ijodi, xususan, sheʼriy merosi manbalari, matniy tadqiqi va milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni qayta baholash masalalari koʻrib chiqiladi. Kitobda Hamza sheʼriyatini oʻrganishning nazariy-metodologik muammolari, “Devoni Nihoniy” va “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar” majmualarining adabiy manba sifatidagi oʻziga xos xususiyatlari hamda shoir qalamiga mansub lirik va ijtimoiy-siyosiy sheʼrlarning qiyosiy-matniy tahlili oʻrin olgan. Shuningdek, Hamza sheʼrlarida matn tarixi va tahriri masalalari, qoʻlyozma fondlar va arxivlardan yangi aniqlangan sheʼrlari tahlili ham oʻz ifodasini topgan.