Butlovchi qism yetkazuvchi tashkilotlarda QSB sifat tizimini talablarini joriy etishdagi muammolar va ularning yechimlari
Ushbu kitob O'zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish, xususan, O'zavtosanoat AJ va uning yetkazib beruvchilari uchun BIQS (Built-In-Quality Suppliers) tizimini joriy etishdagi muammolar va ularning yechimlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda BIQS tizimining elementlari, qo'llanilishi, avtomobilsozlikdagi sifat boshqaruvi tizimlarining evolyutsiyasi, jumladan GM-GMS global boshqaruv tizimi, QSB, QSB+ va BIQS standartlari, shuningdek, zavodlarda ushbu tizimlarni joriy etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar, xususan, xodimlar malakasini oshirish va ularni o'qitish dasturlari hamda nazariy va amaliy jihatlar batafsil yoritilgan.