Delphinium semibarbatum (sariq gulli isfarak)dan biofaol moddalarini ajratib olish texnologiyasi
Dissertatsiya Delphinium semibarbatum oʻsimligining biofaol moddalarini ajratib olish texnologiyasiga bagʻishlangan. Unda oʻsimlik tarkibidagi alkaloidlar, flavonoidlar, uglevodlar (D-mannit) kabi moddalarni ajratish usullari, ularning xususiyatlari va tibbiyotda qoʻllanilishi haqida maʼlumot berilgan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston sharoitida ushbu oʻsimlikni qayta ishlash va undan dori vositalari olish imkoniyatlarini koʻrsatib beradi.