Бугунги кунда Ўзбекистон театр санъатида профессионал режиссура муаммолари
Ushbu maqola O‘zbekiston teatr san’atidagi professional rejissyorlar yetishmovchiligi muammolarini va ularni hal qilish yo‘llarini ochib beradi. Muallif, jumladan, hozirgi kunda professional rejissyorlar soni kamligi, lekin undan ham muhimi, ularning salohiyati va mahoratida jiddiy muammolar borligini ta’kidlaydi. Maqolada davlat tomonidan teatr san’atini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, qabul qilinayotgan qarorlar tilga olinadi. Shu bilan birga, teatrga tomoshabinni tashkil qilish yo‘li bilan emas, balki o‘z ixtiyori bilan, qiziqishi bilan kelishiga erishish muhimligi ta’kidlanadi. Ijodiy jarayonlarni jonlantirish, spektakllarning badiiy-g‘oyaviy darajasini ko‘tarish uchun rejissyorlik masalasida muammolar mavjudligi, ayniqsa, viloyat teatrlari bu muammoni yanada chuqurroq his qilishini aytib o‘tiladi. Muallif zamonaviy teatr talablariga javob bera oladigan, yangicha yondashuvlarga ega rejissyorlar zarurligini, ularning doimiy izlanishi, mehnatsevarligi va zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerakligini urg‘ulaydi. Shuningdek, xorijiy hamkorlik, xalqaro festivallar va ta’lim loyihalari orqali rejissyorlarning tajribasini oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Muammoning subyektiv jihatlari sifatida esa rejissyorning o‘z ustida ishlashiga urg‘u beriladi.