“Туркистон” асарида Самарқанд тавсифи
Ushbu maqola Yujin Skylyar nomli AQShning Rossiya imperiyasidagi bosh konsuli tomonidan yozilgan "Turkiston: Rossiya Turkistoni, Qo'qon, Buxoro va G'uljaga sayohat qaydlari" asarining birinchi jildidagi Samarqandga bag'ishlangan bobini tahlil qiladi. Asar 1873 yilda Rossiya imperiyasi O'rta Osiyo xonliklariga harbiy harakatlar olib borayotgan, Xiva xonligiga qarshi faol harakatlar davom etayotgan, Qo'qon xonligida esa ichki nizolar kuchaygan paytda yozilgan. Skylyarning Samarqandga tashrifi 1873 yilning may oyida bo'lib o'tgan. Muallif o'z asarida Samarqandning qadimiy tarixidan tortib, Rossiya imperiyasi bosqiniga qadar bo'lgan davr haqida ma'lumot beradi va bu ma'lumotlarni Rim tarixchisi K.K. Ruf, Xitoy sayyohlari Chjan Syan, Chjan Chun, Ispaniya qiroli elchisi Ruy Gonsales de Klavixo, Bobur va rus tabiatshunosi A.A.Leman tadqiqotlaridan olgan. Maqolada, shuningdek, Skylyarning Samarqand bozori, UsmON Quroniga oid ma'lumotlari ham keltirilgan. Asar O'rta Osiyo xalqlarining ma'naviy, ijtimoiy hayoti va Sharq sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasini ko'rsatib beruvchi tarixiy manba sifatida baholanadi.