Ўзбекистон араблари этномаданий идентиклигининг шаклланиши ва трансформацияси
Ushbu dissertatsiya O‘zbekistonda yashovchi arablar diasporaining etnoma’daniy identifikligini rivojlanish bosqichlari va ularning zamonaviy jamiyatdagi transformatsiyasini o‘rganadi. Tadqiqotda arablar tarixining, tilining, madaniyatining, urf-odatlarining, oilaviy marosimlarining, shuningdek, ularning milliy o‘zlikni anglash jarayonining tahlili beriladi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, etnosotsiologik, qiyosiy, komparativ tahlil kabi usullardan foydalanilgan. Ilmiy yangiligi shundan iboratki, O‘zbekiston arablarining etnonimlari va etnotoponimlarining tahlili, ularning XX asrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy o‘zgarishlar bilan bog‘liq etnomadaniy o‘zgarishlari, millatlararo munosabatlardagi o‘rni, shuningdek, oila va oilaviy marosimlardagi o‘zgarishlar atroflicha o‘rganilgan.