Kuzgi bug'doy doniga dastlabki ishlov berishdagi sifat o'zgarishlari
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini, xususan, kuzgi bug'doyni yetishtirish va qayta ishlashning texnologik jarayonlari, iqtisodiy samaradorligi, mehnat muhofazasi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari yoritilgan. Unda kuzgi bug'doyning "Yaksart" navi misolida donni yetishtirish, yig'ishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, don sifatini baholash usullari, don mahsulotlarining tarkibi va xususiyatlari, ularni qayta ishlash jarayonida sifat o'zgarishlari ham ko'rib chiqiladi.