Navoiyazot AJ da metan konversiya jarayoni avtomatlashtirish.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Navoiyazot AJ da metan konversiya jarayonini avtomatlashtirishga bag'ishlangan. Unda jarayonning texnologik jihatlari, asosiy komponentlar, xavfsizlik choralari va iqtisodiy samaradorlik kabi masalalar atroflicha o'rganilgan. Ishda jarayonni avtomatlashtirish orqali iqtisodiy tejamkorlikka erishish, samaradorlikni oshirish va xavfsizlikni ta'minlashning nazariy va amaliy jihatlari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, jarayonni boshqarish uchun zarur bo'lgan avtomatik tizimlar, nazorat-o'lchov asboblari va ularning funksional sxemalari ham o'rin olgan.