"Jahon tarixi" 10-sinf
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, jahon tarixini 1918-1991-yillar davrida o‘rganishga mo‘ljallangan. Unda O‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun jahon tarixining muhim bosqichlari, jumladan, ikki jahon urushi, uning oqibatlari, xalqaro munosabatlardagi o‘zgarishlar, ilmiy-texnik taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish, milliy-ozodlik harakatlari hamda ularning jahon tarixida tutgan o‘rni keng yoritilgan. Darslikda Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika mamlakatlarining jahon siyosatidagi roli, iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari, ilm-fan va madaniyatning taraqqiyoti alohida e’tiborga olingan.