18-19 yoshdagi futbolchilarning harakat faolligini nazorat qilish asosida ularning maxsus chidamliligini takomillashtirish uslubiyati
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti doktoranti Sirojiddin Pulatovning 18-19 yoshli futbolchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirish uslubiyotini takomillashtirishga bag'ishlangan ilmiy ishidir. Tadqiqotda futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini, xususan, chidamlilik qobiliyatini oshirishga qaratilgan zamonaviy usullar va uslubiyotlar tahlil qilingan hamda ularning amaliyotga tatbiqliligi o'rganilgan. Tadqiqot natijasida 18-19 yoshli futbolchilarning tayyorgarligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.