Afrikadagi milliy ozodlik harakatlari tarixidan (1960-yillar)
Ushbu kitob Afrika mamlakatlarining 1960-yillardagi milliy ozodlik harakatlari tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida tarixga bo‘lgan qiziqish ortishi, jahon tarixini vatanparvarlik nuqtai nazaridan o‘rganish zarurligi ta’kidlanadi. Kitobda Afrikadagi mustamlakachilik tizimining yemirilishi, Shimoliy va Tropik Afrika mamlakatlarining milliy ozodlik harakatlari, Janubiy Afrikaning milliy ozodlik harakatlari kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Misr, Jazoir, Liviya, Tunis, Marokash, Kongo, Nigeriya, Gvineya, Zimbabve va Keniyadagi milliy ozodlik harakatlari batafsil yoritilgan.