English + Art (For the students of the pedagogical faculty and Arts)
Ushbu kitob oliy ta'lim muassasalarining pedagogika va san'at yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan. Unda ingliz tilida ranglar, ranglar haqida bilish, ranglarning tilshunoslikdagi o'rni, ranglardan foydalanish usullari, ranglarning psixologiyadagi roli va jahon san'ati, jumladan, turli davrlardagi rassomlar ijodi hamda zamonaviy san'at turlari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobda ranglarning fizikasiga oid tushunchalar, ranglarning hosil bo'lishi, ularning to'lqin uzunliklari va chastotalari hamda ranglarning inson ruhiyatiga ta'siri yoritilgan. Shuningdek, jahon san'ati tarixi, turli millatlar san'ati, rangtasvirning rivojlanishi va mashhur rassomlarning hayoti va ijodi haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Kitob talabalarda ingliz tilini o'rganishga qiziqish uyg'otish va ularning dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan.