5-sulfosalitsil kislota asosidagi yangi koordinatsion birikmalarning sintezi, tuzilishi, biologik faolligi va 3D modellash
Ushbu dissertatsiya ishi 5-sulfosalitsil kislota va monoetanolamin asosidagi yangi koordinatsion birikmalarning sintezi, tuzilishi, biologik faolligi va 3D modellash kabi muhim mavzularni o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, sintez qilingan birikmalar nafaqat biologik faollik bilan ajralib turadi, balki ular kam zaharli (4-sinf) kimyoviy birikmalar qatoriga kiradi. Shuningdek, ushbu birikmalar «Muborak gazni qayta ishlash zavodi»da korroziyani oldini olishda ingibitor sifatida ham qo'llanilishi mumkinligi isbotlangan. Tadqiqotda olib borilgan kompleks tahlillar yangi kimyoviy birikmalarni yaratish va ularning amaliy qo'llanilish sohalarini kengaytirishga qaratilgan.