AKRILATLAR VA BOSHQA BOG`LOVCHILAR ASOSIDA KOMPOZITSIYALAR OLISHNI TAHLILI
Ushbu dissertatsiya akrilatlar va boshqa bog'lovchilar asosida kompozitsiyalar olishni tahlil qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda poliakrilatlarni olish, ularning tuzilishi, polimerlanish jarayonining kinetikasi va termodinamikasi, shuningdek, ularning fiziko-mexanik va ekspluatatsion xossalarini o'rganish asosiy o'rin tutadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tibbiyotning stomatologiya sohasida qo'llaniladigan polimer kompozitsion materiallar olish texnologiyasini yaratishdir. Dissertatsiyada materiallarning suv shimuvchanligi, zarbiy egilishga sinash kabi xossalarini aniqlash usullari ham yoritilgan.