O‘zbek tilidan mutaxassislik tili bo'yicha metodik qo‘llanma
Ushbu kitob o'zbek tilida huquqshunoslik yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan metodik qo'llanma hisoblanadi. Qo'llanma talabalarning davlat tilini puxta bilishi, kasbiy atamalar bilan nutqini boyitishi, mutaxassislik mavzularida mustaqil muloqot qila olishi uchun materiallar bilan ta'minlashga qaratilgan. Kitobda davlat va huquqning asosiy tushunchalari, davlat tuzilishi, fuqarolik, huquq manbalari, sud va prokuratura tizimi, jamoat birlashmalari, saylov huquqi va boshqa huquqiy masalalar yoritilgan. Har bir mavzu bo'yicha lug'at, topshiriqlar va qisqacha izohli lug'at berilgan.