Akademok litseylarda o'quvchilar bilimlarini baholashda test usullaridan foydalanishni tahlil etish va yangi metodologiyasini yaratish
Ushbu tadqiqot ishida O'zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg'ona filiali bitiruvchi Innatullayeva Azizaxon Abdukarimovnaning "Akademik litseylarda o'quvchilar bilimlarini baholashda test usullaridan foydalanishni tahlil etish va yangi metodologiyasini yaratish" mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi tahlil qilingan. Ishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, MyTest va iSpring QuizMaker dasturlari yordamida testlar yaratish va o'quvchilar bilimini baholashning yangi metodologiyasini yaratish masalasi ko'tarilgan. Shuningdek, ishda kompyuter xonalariga qo'yiladigan talablar, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari, radioktiv nurlanishdan himoyalanish hamda shovqin va titrashni me'yorlashtirish masalalari ham yoritilgan.