Algebrani o’qitishda muammoli ta’lim
Ushbu kitob, bo'lajak o'qituvchilarga mo'ljallangan qo'llanma bo'lib, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan. Unda matematikani o'qitishda muammoli ta'lim metodlaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari, jumladan, algebra va geometriyani o'qitishda muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni hal qilish usullari batafsil yoritilgan. Kitobda keltirilgan misollar va mashqlar talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.