Alternativ so‘roq gaplarning semantik-struktur va funksional tadqiqi
Ushbu dissertatsiya mavzusi alternativi so'roq gaplarning semantik-struktur va funksional tadqiqiga bag'ishlangan bo'lib, o'zbek tilshunosligida mazkur so'roq gaplar tipologiyasini aniqlash, ularning sintaktik, semantik va funksional xususiyatlarini tadqiq etishga qaratilgan. Tadqiqotda alternativ so'roq gaplarning nazariy jihatdan o'rganilganligi, ularning semantik-struktur belgilari va shakllanish qonuniyatlari, bisubstantiv xarakteri, dizyunksiya va qiyoslash munosabatlari, shuningdek, emotsional-ekspressiv va matnni shakllantirish funksiyalari ochib berilgan. Dissertatsiyaning amaliy ahamiyati esa oliy o'quv yurtlarining filologiya fakultetlarida o'qitiladigan fanlar uchun darsliklar, monografiyalar va o'quv-uslubiy qo'llanmalar yaratishda ko'rinadi.